Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ayniqsa, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va metrologiya kabi texnik jihatdan tartibga solish sohalarida zamonaviy axborot tizimlarini yaratish jarayonlar samaradorligini oshirish, xizmatlar sifati va shaffofligini ta‛minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar doirasida metrologiya sohasini modernizatsiya qilish, ma‛lumotlarni markazlashtirish va davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishga qaratilgan qator loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Ana shunday muhim loyihalardan biri – “Farsax” O‘zbekiston milliy metrologiya axborot platformasi hamda “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimidir.
“Farsax” – milliy metrologiya axborot platformasi
“O‘zbekiston milliy metrologiya axborot platformasi – Farsax” davlat metrologik yagona o‘lchov birliklarini ta‛minlash sohasidagi reyestrlarni yuritishga mo‘ljallangan zamonaviy axborot-resurs tizimi hisoblanadi. Platforma idoralararo axborot tizimi sifatida faoliyat yuritib, metrologik ma‛lumotlarning yagona elektron bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ–162-sonli “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.
Platformaning asosiy maqsadi metrologiya sohasidagi ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma‛lumotlar almashinuvini tezlashtirish hamda davlat metrologik reyestrlarining dolzarbligini ta‛minlashdan iborat. Shu bilan birga, tizim orqali sohadagi jarayonlarning 95 foizgacha raqamlashtirilishiga erishish ko‘zda tutilgan.
“Farsax” platformasi “E-metrologiya” axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, metrologik attestatsiya, qiyoslash, o‘lchash vositalarini e‛tirof etish hamda boshqa xizmatlar bo‘yicha ma‛lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish imkonini yaratadi.
Ushbu platformaning joriy etilishi natijasida sohada ma’lumotlarni yuritish, tahlil qilish va saqlash jarayonlari yanada samarali tashkil etiladi. Eng muhimi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun tezkor, qulay va shaffof elektron xizmatlar muhiti shakllanadi.
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi
Mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamli transformatsiya qilish doirasida “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mirzoyoqub ABDULAZIZOV, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’limi boshlig‘i
Leave a Reply