(O´zbek) Raqamli transformatsiya va zamonaviy metrologiya: “FARSAX” hamda “TEXNIK TARTIBGA SOLISH” milliy axborot tizimlari

1/2026

Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

 
     Bugungi kunda raqamli texno­logiyalarni davlat boshqaruvi hamda iqtisodiyot tarmoq­lariga keng joriy etish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ayniqsa, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va metrologiya kabi texnik jihatdan tartibga solish soha­larida zamonaviy axborot tizimlarini yaratish jarayonlar samaradorligini oshirish, xizmatlar sifati va shaffofligini ta‛minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
     Mamlakatimizda amalga oshirila­yotgan keng ko‘lamli raqamli islohot­lar doirasida metrologiya sohasini modernizatsiya qilish, ma‛lumot­larni markazlashtirish va davlat xizmat­larini elektron shaklga o‘tkazish­ga qaratilgan qator loyihalar izchil amal­ga oshirilmoqda. Ana shunday mu­him loyihalardan biri – “Farsax” O‘zbekiston milliy metrologiya axbo­rot platformasi hamda “Texnik tar­tibga solish” milliy axborot tizimidir.
 
     “Farsax” – milliy metrologiya axborot platformasi
 
     “O‘zbekiston milliy metrologiya axborot platformasi – Farsax” davlat metrologik yagona o‘lchov birliklarini ta‛minlash sohasidagi reyestrlarni yuritishga mo‘ljallangan zamonaviy axborot-resurs tizimi hisoblanadi. Plat­forma idoralararo axborot tizimi sifatida faoliyat yuritib, metrologik ma‛lumotlarning yagona elektron ba­zasini shakllantirishga xizmat qi­ladi.
     Mazkur loyiha O‘zbekiston Res­publikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ–162-sonli “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.
     Platformaning asosiy maqsadi metrologiya sohasidagi ish jarayon­larini avtomatlashtirish, ma‛lumotlar almashinuvini tezlashtirish hamda davlat metrologik reyestrlarining dolzarbligini ta‛minlashdan iborat. Shu bilan birga, tizim orqali sohadagi jarayonlarning 95 foizgacha raqam­lashtirilishiga erishish ko‘zda tutilgan.
     “Farsax” platformasi “E-metrolo­giya” axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, metrologik attestatsiya, qi­yoslash, o‘lchash vositalarini e‛tirof etish hamda boshqa xizmatlar bo‘­yicha ma‛lumotlar almashinuvini av­tomatlashtirish imkonini yaratadi. Ushbu platformaning joriy etilishi natijasida sohada ma’lumotlarni yuri­tish, tahlil qilish va saqlash jarayonlari yanada samarali tashkil etiladi. Eng mu­himi, fuqarolar va tadbirkorlik suby­ektlari uchun tezkor, qulay va shaf­fof elektron xizmatlar muhiti shakllanadi.
 
     “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi
 
     Mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamli trans­formatsiya qilish doirasida “Tex­nik tartibga solish” milliy axborot tizimi ham bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
 
 
Mirzoyoqub ABDULAZIZOV, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo’limi boshlig‘i
 
 
Siz maqolaning to‘liq matnini jurnalning bosma nashrida o‘qishingiz mumkin.

DO'STLARINGIZGA TAVSIYA ETING

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

  • AFFICHE

  • PR

  • JURNAL SONLARI ARXIVI

  • Contacts

    1, Alay Street, Tashkent 100000 Uzbekistan

  • Subscribe To News

    (Русский) Чтобы подписаться на наши новости, впишите свой e-mail
  • Any reproduction or use of excerpts from publications can be made only with the written consent of the publisher; when reprinting materials, a link to the source is required.