Sorry, this entry is only available in O´zbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.
Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, shuningdek, muvofiqlik sertifikati olish, metrologik tekshiruvdan o‘tkazish hamda standart xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov jarayonlarini bir joyning o‘zida amalga oshirish maqsadida 2015-yilda O‘zbekiston milliy metrologiya institut qoshida O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish organi tashkil etildi. Mazkur organ faoliyati qisqa vaqt ichida muvofiqlikni baholash tizimining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Bugungi kunda sertifikatlashtirish organi mahsulot va xizmatlarning belgilangan standart talablariga muvofiqligini ta‛minlash orqali iste‛molchilarni sifatli hamda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan ta‛minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga, respublika hududiga olib kirilayotgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi o‘lchash vositalarining me‛yoriy hujjatlar va standart talablariga muvofiqligini baholash, sifatsiz va standartlarga javob bermaydigan mahsulotlardan iste‛molchilarni himoya qilish sertifikatlashtirish organining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Sertifikatlashtirish organi tomonidan nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchi balki xorijiy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalarni muvofiqligini baholashda ya‛ni joyini o‘zida sinov va sertifikatlashtirish xizmatlari o‘tkazilib investisiya kiritilishi xizmatlar eksportiga erishilmoqda. Jumladan, Germaniyaning VEGA, SICK, SIEMENS, Polshaning SONEL S.A., Xitoy va Rossiya davlatlarining 10 dan ortiq korxonalariga sertifikatlashtirish xizmati ko‘rsatildi. Shu bilan birga, zamonaviy o‘lchash vositalari va yangicha yondashuvlar asosida ish faoliyatini takomillashtirib, sohada ishonchlilik va aniqlikni ta‛minlashga alohida e‛tibor qaratilmoqda.
Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan mas’uliyatli va sharafli sohada faoliyat yuritayotgan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy hotirjamlik hamda mashaqqatli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.
Sharofjon USMONQULOV, O‘lchash va sinov vositalarini sertifikatlashtirish bo‘limi bo‘shlig‘i
Leave a Reply